Ko’ngillarga quvonch ulashib
Paxtakor tumani Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi yolg’iz ona Nurxon YAllaboyevning bugun qalbi quvonchga to’ldi. Boisi ichki ishlar organlarida xizmat qilgan marhum farzandining hamkasblari muammoasini hal etishda ko’makdosh bo’lmoqda. Ular hashar yo’li bilan yashash uyini soz holatga keltirish va atrofni obod qilish ishlarini boshlab yuborishgan. Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ushbu bunyodkorlikning borishi bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan suhbatlashib, zarur tavsiya va ko’rsatmalarini berdi.
Aytish joiz, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan o’rganish chog’ida onaxonning yashash uyi tom qismi yaroqsiz holga kelganligi ma’lum bo’ldi. Hozirda shiferni almashtirish ishlari jadal olib borilayapti. Bundan tashqari binoning tashqi qismi to’liq ta’mirlanib, yo’laklar betonlashtiriladi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining ezgu tashabbusi Mustaqillikning 32 yillik bayramiga qadar tugallanishi reja qilingan.