3 Dekabr 2021 yil 1620

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o’quv markazida bosh qomusimiz, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy tadbir uyushtirildi.

Zomin tumani axborot kutubxonasi va tumandagi Temurbeklar maktabi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda o’quv markazi doimiy tarkibi, tinglovchilar, muddatli harbiy xizmatchilar, maktab o’quvchilari ishtirok etdilar. So’z olganlar yurtimizda huquqiy demokratik va ochiq fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun obod va farovon hayot barpo etish, xalqaro maydonda o’zimizga munosib o’rin egallashda asosiy Qonunimiz mustahkam zamin bo’lib kelayotganini ta’kidladilar. SHuningdek, Konstitutsiya muhim hayotiy qo’llanma, g’urur-iftixor, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha insonlar uchun mustahkam himoya ekanligi aytildi. 

Aytish joiz, Konstitutsiyada mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq belgilab berilgan. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi  va sud tarmoqlariga bo’linishi eng muhim tamoyil sifatida qayd etilgan. Eng asosiysi, Konsitutsiyamizda belgilangan tamoyillar ijtimoiy hayotimizda to’liq o’z aksini topib, bugungi kunda davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari o’z funksiyalarini samarali ado etayotgani tadbirda e’tirof etildi.

Tadbir ochiq eshiklar kuniga ulandi. Qatnashchilar va Temurbeklar maktabi o’quvchilari O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o’quv markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Text to speech