29 Noyabr 2021 yil 371

“Korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat tuzilmalarining ahamiyati” mavzuiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi

Korrupsiya – jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan jirkanch illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Xullas, korrupsiya bor joyda rivojlanish bo’lmaydi.

Navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda shu haqda so’z bordi. Xususan, Jizzax davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi Akbar Valiyev “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat tuzilmalarining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi va Prezidentimizning 2020 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoniga asosan 2020–2021 yillarda barcha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini bosqichma-bosqich joriy etish belgilanganini aytib o’tdi.

Notiq korrupsiyaga qarshi kompleks- nazorat – davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to’qnashuvini o’z vaqtida aniqlash va chek qo’yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o’zida mujassam etgan profilaktik tizim ekanligini ta’kidladi. SHuningdek, ushbu illatning oldini olishda xorijiy davlatlar tajribasi, qo’llayotgan usullari, mamlakatimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida ichki nazorat tizimini yo’lga qo’yish ishlari, ushbu tuzilma faoliyati, huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berildi.

Yig’ilishda bundan tashqari, OITS kasalligining profilaktikasi hamda jahon adabiyoti namoyondalari Fyodor Dostoyevskiy hamda Turgenov Ivan Sergeyevichlarning hayoti va ijodi haqida ham ma’ruzalar qilindi.

Text to speech