Kuchlilar g’oliblikni tantana qildi
Jizzax viloyati yoshlari o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqaning viloyat bosqichi o’tkazildi. Ikki kun davom etgan musobaqada qizlar va o’g’il bolalardan iborat 17 yoshgacha bo’lgan voleybolchilar kuch sinashishdi. Jumladan qizlar o’rtasidagi bellashuvning finalida Zarbdor hamda SHarof Rashidov tumanlari yoshlari ro’baro kelishdi. Qizg’in kechgan bahslarda zarbdorlik qizlarning qo’li baland kelib g’oliblikni tantana qildi.
Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni seleksiya qilish orqali professonal sport jamoalariga jalb etishga qaratilgan musobaqaning o’g’il bolalar o’rtasidagi final uchrashuvida SHarof Rashidov va Forish tumanlari yoshlari bellashishdi. SHarof Rashidov tumani voleybolchilarning bir-birlarini tushunib qilgan harakatlari natija berdi. Ular raqibning har bir xatosidan ununmli foydalanib, yakunda birinchilikni qo’lga kiritishdi.
Muobaqaning taqdirlash marosimida viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov yosh voleybolchilarning kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab, keyingi bosiqchga puxta tayyorgarlik ko’rish lozimligini alohida ta’kidladi. SHundan so’ng kuchli uchlikdan o’rin olgan o’g’il bolalar va qizlar jamoalari viloyat IIBning medal, diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.