20 Sentyabr 2024 yil 2039

Kuchlilar g`oliblikni tantana qilishdi

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari sportning voleybol turi bo`yicha viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i kubogi uchun bellashishdi. Boshqarma sohaviy xizmatlari hamda hududiy ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat jamoalar ishtirokidagi mazkur musobaqa “Dinamo” JT va SJ viloyat kengashi sport zalida o`tkazildi.

Qizg`in kechgan bahs finalida Jizzax viloyati IIB JXX JTSB hamda Arnasoy tumani ichki ishlar boshqarmasi jamoalari yuzma-yuz kelishdi. Teng kurashlar ostida o`tgan uchrashuvda JTSB voleybolchilariga omad kulib boqdi va ular kubokni qo`lga kiritib, g`oliblikni tantana qilishdi. O`z navbatida ikkinchi o`rinni arnasoylik hamda uchinchi o`rinni Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g`oliblar viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishdi.

Text to speech