9 Fevral 2024 yil 3918

Kursantlar va o`quvchilar uchrashuvi o`tkazildi

IIV Akademiyasining Jizzax viloyati ichki ishlar organlarida amaliyot o`tayotgan kursantlari Jizzax shahridagi 30- sonli o`rta umumta’lim maktabi o`quvchilari bilan uchrashishdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda oliy ta’lim dargohining jinoyat huquqi kafedrasi dosenti, podpolkovnik Doniyor Usmonov ma’ruza qildi. Notiq mamlakatimizda yosh avlodning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida so`z yuritdi. Shuningdek, IIV Akademiyasida ta’lim jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Bundan tashqari yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatlar, xususan giyohvand moddalar bilan bog`liq qonunbuzarliklar ham tilga olindi. Mavzuga oid taqdimotlar qilinib, videoroliklar namoyish etildi.

Akademiya kursantlari giyohvandlikning salbiy oqibatlari, hozirda o`tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik moddalar tarqalishining oldini olish” tezkor profilaktik tadbiri doirasidagi uchrashuvlar o`z navbatida o`nayotgan avlodning bilimini oshirish bilan birga jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi illatlardan ogohlikka chaqirishda muhim ekanligini qayd etishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda maktab o`quvchilari mavzu yuzasidan fikrlarini bildirishib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Text to speech