Kursantlarining bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti boshlandi
Jizzaxda IIV Akademiyasining 3- o`quv kursi kursantlarining bitiruv
malakaviy ishi oldi amaliyoti boshlandi. Shu munosabat bilan viloyat ichki
ishlar boshqarmasida kursantlar, ularning ota-onalari ishtirokida yig`ilish
tashkil qilindi.
Tadbirda viloyat IIB boshlig`ining o`rinbosari, podpolkovnik
H.Abdullaev so`zga chiqib, sohada kechayotgan islohotlar hamda ichki ishlar
organlari xodimlarining jamoat tartibi va osoyishtalikni ta’minlashga
qaratilgan faoliyati xususida to`xtaldi. Shuningdek, IIV ShXBB Jizzax viloyati
bo`limi mas’ullari tomonidan amaliyotni o`tash davomida xizmat intizomi va
qonunchilikka, texnika, yong`in va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal
qilishga oid talab va tavsiyalar bildirildi.
So`ng kursantlar mutaxassisliklari bo`yicha tegishli sohaviy xizmatlar
vakillariga biriktirildi. Tadbir davomida bilimi va xulqi bilan tengdoshlariga
ibrat bo`layotgan yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Yakunda Jizzax viloyati IIB tarixi muzeyiga sayohat uyushtirildi.