21 Aprel 2022 yil 597

Leytenantning terakzori

Jizzax viloyati Zarbdor tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi profilaktika inspektori, leytenant To’lqinjon Omonqulov soha jonkuyarlaridan sanaladi. CHunonchi, u faoliyat ko’rsatayotgan YAngiobod mahalla fuqarolar yig’inida 2021 yil hamda joriy yilning o’tgan davrida birorta ham jinoyat qayd etilmadi.

Profilaktika inspektori bu natijani mahalla faollari bilan samarali hamkorlik qilayotganligi bilan izohlaydi. Leytenant kunni hududidagi o’quv muassasalarida davomatni tekshirishdan boshlaydi, shu asosda muammoli oilalar vakillari bilan muloqot o’tkazadi. So’ng belgilangan reja asosida ichki ishlar organlarida hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi.

E’tiborlisi, To’lqinjon Omonqulov xizmatdan ortib, bog’ yaratgan. U oila a’zolari bilan birga mahalla hududida bo’sh yotgan 80 sotix yerni o’zlashtirib, 4 ming tup terak, 60 tub archa ko’chatlari, 6 mingta terak qalamchalari ekdi. YAna bir necha yilda terakzor leytenantga yaxshigina daromad keltiradi. Profilaktika inspektori Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “YAshil makon” umummilliy loyihasiga hissa qo’shayotganligidan mamnun.   

Text to speech