2 Aprel 2022 yil 553

Litsey o’quvchilarining ko’nikmalari mustahkamlandi

Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o’quvchilari uchun “Ichki ishlar organlarining favqulodda vaziyatlar sharoitidagi faoliyati” mavzusida amaliy ochiq dars mashg’uloti o’tildi.

Mashg’ulot Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyining 3 bosqich o’quvchilari uchun viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv markazi bilan hamkorlikda uyushtirildi. Tadbir davomida 2021 yil 15 dekabrda qabul qilingan “Favqulodda holat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni, joriy yilning 2 mart kunida qabul qilingan “Favqulodda holat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimchalar va o’zgartish kiritish haqida”gi qonunlari mazmun-mohiyati o’quvchilarga tushuntirildi.

SHu kuni yoshlarga favqulodda holatlar vaqtida qo’llaniladigan texnik asbob uskunalar, ulardan foydalanish va afzalliklari bo’yicha tushuntirishlar berildi.

Qisqasi, mashg’ulotda o’quvchilarning favqulodda holatlar ro’y berganda harakatlanish qoidalari bo’yicha bilim va ko’nikmalari oshirildi.

Text to speech