Litseyda yangi o’quv yili boshlandi
Bugundan yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida yangi
o’quv yili boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik
litseyida ham shu munosabat bilan tantanali tadbir uyushtirildi. Tadbirda Jizzax
viloyati IIB boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik Hamidullo Abdullayev barchani istiqlolning
32 yilligi hamda bilimlar kuni bilan muborakbod etdi. SHuningdek, ichki ishlar organlari
faoliyati samaradorligini oshirish, sohaga yetuk malakali kadrlar tayyorlashda Ichki
ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi tayanch bilim dargohlardan ekanligini ta’kidladi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlarga bilim berish, ularni
kasbiy tayyorlash, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlashda o’z o’rniga ega
bo’lgan litsey o’quvchilari va pedagogik jamoaning yutuqlari e’tirof etildi.
Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi
yangradi va o’quvchilar minbar oldidan saf tortib o’tdilar.
Ilk darslar “YAngi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun”
mavzusida o’tildi. O’qituvchilar tomonidan istiqlol yillarida qo’lga kiritilgan
yutuqlar, olib borilayotgan islohotlar, xalq xo’jaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan
ishlar aytildi.
Jizzax
viloyati IIB axborot xizmati