6 Sentyabr 2021 yil 608

Litseyda yangi o’quv yili ko’tarinki ruhda boshlandi

Bugundan yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida ham shu munosabat bilan tantanali tadbir uyushtirildi.

Tadbirda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullayev barchani istiqlolning 30 yilligi bilan muborakbod etdi. SHuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish, sohaga yetuk malakali kadrlar tayyorlashda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi tayanch bilim dargohlardan ekanligini ta’kidladi. Ichki ishlar organlarida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlarga bilim berish, ularni kasbiy tayyorlash, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlashda o’z o’rniga ega bo’lgan litsey o’quvchilari va pedagogik jamoaning yutuqlari e’tirof etildi.

Aytish joizki, litseyni o’tgan o’quv yilida tamomlagan bitiruvchilarning aksariyati oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilindi. CHunonchi, 35 nafari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti bo’ldi. Tadbirda yotoqxona, oshxona, axborot resurs markazi, o’quv xonalarida yaratilayotgan sharoitlar ham tilga olindi.

SHundan so’ng, O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi va o’quvchilar minbar oldidan saf tortib o’tdilar. Ilk darslar “YAngi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida o’tildi. O’qituvchilar tomonidan istiqlol yillarida qo’lga kiritilgan yutuqlar, olib borilayotgan islohotlar, xalq xo’jaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ishlar aytildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o’tkazgan uchrashuvi hamda “YAngi O’zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovga bergan interv’yusi mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.

Qayd etish kerak, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida ham o’quvchilarning ta’lim olishi uchun zarur sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Boshqarma boshlig’i o’rinbosari bilim yurtida davom etayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining borishini ham ko’zdan kechirdi. Quruvchilar va mas’ullar bilan suhbatda bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish bo’yicha topshiriqlar berildi.

 

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech