25 Oktyabr 2024 yil 7136

Elning asl farzandlari yodga olindi

 “Zomin” sog`lomlashtirish oromgohida xizmat vazifasini bajarish chog`ida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari ishtirokida ikki kunlik madaniy-ma’rifiy tadbir uyushtirildi. 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil qilingan ushbu tadbir davomida mehmonlarning “Zomin” turistik-rekreasion zonasida ko`ngilli dam olishlari ta’minlandi. Xususan, ular arxeologiya, arxitektura, monumental san’at yodgorliklari, madaniy meros ob’ektlarida bo`lishib, mazmunli hordiq chiqardilar.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatiga oid badiiy kecha bo`lib o`tdi. Mazkur jarayonda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov so`zga chiqib, mamlakatimizda fuqarolarning turmush madaniyatini yuksaltirish hamda osoyishtalik ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ichki ishlar organlari tizimida kechayotgan yangilanishlarga to`xtaldi.

Bundan tashqari, xizmat burchini bajarish chog`ida xalok bo`lgan xodimlar yodga olinib, ular xotirasini abadiylashtirish bo`yicha qilinayotgan ishlar to`g`risida ma’lumotlar berildi. So`ng qatnashchilarga viloyat ichki ishlar boshqarmasining bayram sovg`alari topshirildi.

Text to speech