Mahallalarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
Jizzax
viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig`i
o`rinbosari, podpolkovnik G`ofur Bozorov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan
Yangiobod tumanining qizil toifadagi mahallalarida profilaktik tadbirlar amalga
oshirildi. Asosiy e’tibor jinoyatchilikni jilovlash, ularning sodir etilishiga
sabab bo`ladigan omillarni bartaraf etish, aholining huquqiy bilimini
oshirishga qaratildi. Shu ma’noda tuman markazidagi joylashgan “Mohir bolajon”
MTT oldiga yo`l belgilari, Yangiobod shaharchasi markazidagi serqatnov ko`chaga
zamonaviy kuzatuv kameralari o`rnatildi. Shu qatorda savdo va xizmat
ko`rsatuvchi tadbirkorlar, korxona va tashkilotlar rahbarlariga binolarni
videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash, eshik va derazalarga temir panjaralar
qo`yish turli ko`rinishdagi jinoyatlarning oldini olishda muhim ekanligi
targ`ib qilindi.
Bundan
tashqari qizil toifadagi fuqarlar yig`inlarida ettilik bilan hududda
jinoyatchilikka chek qo`yish, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash,
voyaga etmaganlar, ishsiz aholi bandligini ta’minlash, nazorat ostidagi
shaxslar, nizolashgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish nuqtai nazaridan zarur chora-tadbirlar
belgilandi.
Profilaktik
tadbir davomida aholi xonadonlarida targ`ibotlar ham qilindi. Jarayonda
yurtimizda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash yuzasidan olib
borilayotgan ishlar xususida so`z borib, ogoh va hushyor bo`lish lozimligi uqtirildi.
Tadbir
davomida hudud yoshlarining erishayotgan yutuqlarini targ`ib etish, yosh
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasb-hunarga yo`naltirish
bo`yicha ko`rilayotgan ishlarga ham nazar tashlandi. Shuningdek, hashar
uyushtirilib, obodonlashtirish va ko`klamzorlashtirish ishlari olib borildi.