Mahallalarning ichki yo’llari shag’allashtirilmoqda
Shu kunlarda viloyatdagi mahallalarning ichki xo’jalik yo’llarini shag’allashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu tashabbus 3 noyabrda boshlangan edi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilda qo’shimcha ravishda viloyatdagi 134 ta mahallaning qariyb 305 kilometrga yaqin ichki xo’jalik yo’llarini shag’allashtirish reja qilingan. Viloyatning Mirzacho’l, Arnasoy, Zafarobod, Do’stlik, SHarof Rashidov hamda Paxtakor tumanlariga shag’al CHimqo’rg’on kar’yeridan yetkazib berilmoqda. Bu jarayonga kunlik o’rtacha viloyat avtomobil yo’llari hududiy boshqarmasi va obodonlashtirish boshqarmalarining 60 ta yuk avtomashinalari jalb etilgan. SHag’allar 2 ta maxsus texnikalari yordamida texnikalarga yuklanmoqda.
Ta’kidlash joiz, mazkur kar’yerdan bugunga qadar Paxtakor tumaniga 145, Mirzacho’lga 77, Zafarobodga 125, Arnasoyga 81, Do’stlikka 105 va SHarof Rashidov tumaniga 107 ta jami 460 ta avtomobilda shag’al yuborildi. Yo’llarda avtomashinalarning harakatlanishi viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan nazorat qilinib, haydovchilarga doimiy yo’riqnomalar berib boriladi. Bu o’z navbatida harakat xavfsizligini ta’minlash imkonini ham bermoqda.
Peshma-pesh yetkazilgan shag’al maxsus texnikalar yordamida tekislanmoqda. Birgina Zafarobod tumanida bir kunda 3 kilometrga yaqin ko’chalarga shag’al yotqizilayapti.
Mahallalardagi ichki xo’jalik yo’llarini ta’mirlash va soz holatga keltirish yuzasidan ko’rilayotgan choralar infratuzilmani yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish imkonini beradi.