21 Avgust 2021 yil 722

Mahalla huquq-tartibot maskanlarida barcha sharoitlar yaratilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining videoselektr yig’ilishida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i huquq-tartibot maskanlarida yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Jizzax viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2 aprel’ kungi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Mahalla huquq tartibot maskanlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi buyrug’ini ijrosi yuzasidan qator ishlar olib borilmoqda.

CHunonchi, boshqarma boshlig’ining ko’rsatmasi asosida Jizzax shahrining Zargarlik, Kimyogar, Jizzaxlik, Ittifoq, SH.Rashidov tumanining YAngiobod, Toqchiliq, Qaxramon, G’allaorol tumanining Xonimqo’rg’on va Zomin tumanining Mustaqillik mahallalarida tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo’lga qo’yildi.  

Ushbu mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida mahalla huquq-tartibot maskanlariga profilaktika inspektori, xotin-qizlar masalalari hamda voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha inspektor, tezkor xodim, patrul’-post xizmati hamda boshqa sohaviy xizmat xodimlari biriktirilgan. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i mazkur mahalla huquq-tartibot maskanlarida qulay sharoitlar yaratilishini ko’zdan kechirish asnosida mahalla fuqarolar yig’inlari qoshida faoliyat ko’rsatayotgan doimiy komissiyalar raislari hamda ichki ishlar organlari xodimlari bilan suhbatda bo’ldi. Jinoyatchilik ko’rsatkichlari tahlil etilib, ko’rilayotgan choralar xususida fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, mahalla huquq-tartibot maskanlaridagi mavjud kommunikatsiya tarmoqlari, zarur jihozlar bilan ta’minlashga oid masalalarni hal etish choralari belgilandi. SHu qatorda ehtiyojmand oilalar, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash, qonunbuzulishlarning oldini olishga e’tiborni kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi.

 

Text to speech