Mahallalarda profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda
Jizzax viloyati Arnasoy tumani IIB mas’ullari “qizil” toifaga kiruvchi mahallalarda bo’lib, profilaktika inspektorlari va voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha inspektor-psixologlarning faoliyatini o’rganmoqda. Jumladan, ular 4 ming fuqaro istiqomat qiladigan Zarafshon mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, xizmat va ijro intizomiga rioya etilishi, ish hujjatlarining yuritilishi, qonuniylikni ta’minlash hamda mahalla faollari bilan hamkorlik masalalariga e’tibor qaratdilar.
O’z navbatida profilaktika inspektori, inspektor-psixolog va xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektorga huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, xonadonbay ishlash, kriminogen vaziyatni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi. SHu bilan birga hududdagi o’quv muassasasida qonunbuzarliklar profilaktikasi nuqtai nazaridan targ’ibot tadbiri uyushtirildi. Bundan tashqari uyma-uy yurilib, aholi muammolari o’rganildi.