15 Mart 2022 yil 542

Maxsus qabulxonada davra suhbati o’tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi patrul’-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasida saqlanayotgan shaxslar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda ishga joylashish va kasb-hunarga o’qitish bo’yicha tushuntirishlar berildi.

Bugungi kunda jinoyat ishlari bo’yicha shahar va tumanlar sudlari tomonidan ma’muriy qamoq jazosi berilgan shaxslar Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi patrul’-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo’ljallangan Maxsus qabulxonada saqlanmoqda. Ular uchun Jizzax shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda davra suhbati uyushtirildi. Asosiy e’tibor esa maxsus qabulxonada saqlash bilan bog’liq xarajatlarni undirish va ma’muriy qamoq jazosini o’tab bo’lganidan so’ng ishga joylashish va kasb-hunarga o’qitish orqali bandligini ta’minlashga qaratildi.

Tadbirda markaz mas’ul xodimlari tomonidan hozirda mavjud bo’sh ish o’rinlari, ijtimoiy muhofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar bandligini ta’minlash bo’yicha kvotalangan ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, mavsumiy ishlash va ayni yo’nalishdagi ish o’rinlari tushuntirildi.

Davra suhbati davomida qatnashchilar ma’sullardan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. SHu kuni 21 nafar saqlanayotgan shaxslar ishlash va 14 nafari o’qish asosida sertifikat olib ishga joylashish istagini bildirishdi.

Ta’kidlash joiz, maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslarning ma’naviy dunyosini boyitish orqali ularni sog’lom turmush tarziga qaytarish, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida radioeshittirish faoliyati ham yo’lga qo’yilgan. SHu bilan birga viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mutolaa qilish uchun zarur sharoit yaratilgan.

Text to speech