“Malibu”ning haydovchisi jiddiy jarohatlandi
2021 yil 20 sentyabr’ kuni soat 02.00 larda Paxtakor tumani hududidan o’tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 yo’lining 946- kilometrida SHarof Rashidov tumani Qulpisar MFYda istiqomat qiluvchi shaxs boshqaruvidagi “Damas” yo’l chetida turgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi, fuqaro boshqaruvidagi “Malibu”ga urilgan. Bu paytda “Malibu” haydovchisi avtoulovini ta’mirlayotgandi.
Yo’l-ulov hodisasi oqibatida “Malibu” haydovchisi bosh miya jarohati, chap boldir suyagi o’rta va pastki uchligidan sinib siljishi va o’ng tirsak sohasi ezilib yirtilgan jarohati, shuningdek avtoulov salonida bo’lgan yo’lovchi bosh miya ochiq jarohati, o’ng boldir suyagi ochiq sinib siljishi va ensa sohasi ezilib yirtilgan jarohati tashxislari bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo’limiga yotqizilgan. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.