8 Avgust 2022 yil 646

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshiriladi

Shu yilning 18-22 iyul’ kunlari Respublika IIV rahbarligida ishchi guruh viloyat IIO ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash, xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgangan edi. Jizzax viloyati IIB tomonidan Do’stlik tumani IIBda o’tkazilgan yig’ilish ushbu ishchi guruhi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida qilinadigan ishlarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi. Boshqarma tarkibiy va hududiy bo’limlari boshliqlarining MMI bo’yicha o’rinbosarlari ishtirok etgan tadbir avvalida tuman ichki ishlar bo’limining “Vatanparvarlik burchagi” ko’zdan kechirildi. SHundan so’ng tuman IIBda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.

Qayd etilishicha, xodimlarning badiiy adabiyotlarni o’qishi uchun qator qulayliklar yaratilgan. Bu jarayonda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali kimning qancha kitobni mutolaa qilganligiga oid statistika shakllantiriladi. Taqdimotda xodimlarning jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarini o’zlashtirish darajasi, xodimbay ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarning yuritilishi, xizmat intizomiga rioya etilishi borasidagi ishlar ham ma’lum qilindi.

Tadbirda viloyat IIB boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik H.Abdullayev kasbiy tayyorgarlikni oshirish, shaxsiy tarkib o’rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga to’xtaldi. Yig’ilish davomida odob-axloq qoidalariga rioya etilishi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ijrochilik intizomi masalalari ham muhokama etilib, ko’rilgan masalalar yuzasidan aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish “Vatanparvarlik oyligi”ni samarali o’tkazish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Text to speech