7 Mart 2022 yil 542

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda munosiblar taqdirlandi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirok etishdi. Yig’ilishda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoit yaratilib, ushbu masala davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanganligi aytildi.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika instituti o’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi YUlduz Karimova “Ayoldan boshlanar kelajak asli” mavzusida ma’ruza qildi. Notiq xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ilm-fan, san’at va sport sohalarida faoliyat ko’rsatishayotganini ta’kidladi. Ayollar orasida “O’zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvonga sazovor bo’lganlar soni ham ortib, yangi O’zbekistonni bunyod etish yo’lida erkaklar bilan baravar fidoyilik bilan mehnat qilishayotgani e’tirof etildi.

Bir qarashda noziknihol ko’ringan ayollarimiz o’z yelkalariga Vatan himoyasi, huquq-tartibot muhofazasidek mashaqqatli mas’uliyatni ham olishayapti. Birgina ichki ishlar organlarining deyarli barcha sohaviy xizmatlarida yurt osoyishtaligini asrash, jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’lida fidoyilik bilan xizmat qilishayotgani tilga olindi.

Yig’ilish davomida ichki ishlar organlari faxriylari tomonidan har bir har xodim o’z kasbini ardoqlashi, o’z ustida ishlashi, fuqarolar bilan bilan muloqotda xushmuomalada bo’lishi kerakligi uqtirildi.

Bundan tashqari Ichki ishlar vaziri hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining buyrug’i bilan bir guruh xodimlarga birinchi va navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi. SHuningdek, sportning kurash turi bo’yicha Respublika chempionatida faxrli o’rinlarni egallagan xodimlar, viloyat ichki ishlar organlari hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi jamoalari o’rtasida o’tkazilgan mini futbol bo’yicha boshqarma boshlig’i kubogi musobaqalarida g’olib bo’lgan jamoalar munosib rag’batlantirildi.

Text to speech