12 Mart 2022 yil 558

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida “YAshil makon umummilliy harakat” mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax shahar kengashi ijroiya qo’mitasi raisi SHoxruh Abdumurodov “YAshil makon umummilliy harakat” mavzusida ma’ruza qildi. Notiq mamlakatimizda Prezidentimizning “Respublikada ko’kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq, yurtimizda daraxtzorlarni ko’paytirishga qaratilgan “YAshil makon” umummilliy loyihasining joriy etilishi bu borada tizimli ishlarning yanada keng quloch yoyishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ushbu loyiha doirasida o’tgan yilning kuz mavsumida “dolzarb 40 kunlik” tadbiri tashkil qilindi va hududlarda millionlab daraxt ko’chatlari ekildi.

Tadbirda atmosfera xavosini muhofaza qilish, ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish va aholining ekologik bilimini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham so’z bordi. Ma’lum qilinishcha, ichki ishlar organlari hamda mas’ul tashkilotlar xodimlaridan iborat ekopatrul tomonidan o’tgan 2021 yil davomida viloyat bo’yicha qariyb 3 mingga yaqin shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, chiqindilarni qayta ishlash, noqonuniy ravishda ov qilish, yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarni yig’ib-terib viloyat hududidan olib chiqish va kiritishga oid huquqbuzarliklar, tabiatga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan omillarning oldini olish choralari haqida ham so’z bordi.

Yig’ilishda Jizzax shahar bosh imom xatibi Fahriddin SHayzoqov “Korrupsiya, firibgarlik va oila mavzusi” da so’z yuritdi. Pora olish va berish salbiy illat ekanligi hamda oila muqaddas dargoh ekanligi va uning mustahkamligini saqlashda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi tushuntirildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir Ichki ishlar vazirligida videolselektr tarzida o’tgan “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” mavzusidagi seminar bilan davom etdi. Seminarda “YAngi O’zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati, “Globallashuv sharoitida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari” hamda “YOshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Text to speech