8 Aprel 2022 yil 588

Ma’naviyat oyligi doirasidagi tadbirlar

Ichki ishlar organlarida joriy yilning 2 aprelidan 2 may kuniga qadar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” o’tmoqda. Oylik doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qator tadbirlar tashkil etilayapti. Xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan G’allaorol tumani ichki ishlar bo’limida hisobot yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda mamlakatimiz rahbarining 2021 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, boshqarma sohaviy xizmatlari hamda hududiy ichki ishlar bo’limlarida vatanparvarlik burchaklari tashkil etildi. SHuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyosini boyitish, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu ishlarning uzviy davomi sifatida “Ma’naviyat oyligi” doirasida “Kitob yarmarkalari”, “Zukko kitobxon” ko’rik-tanlovlari, “Iste’dodli ijodkor xodim” kabi tadbirlar uyushtiriladi.

Hisobot yig’ilishida mazkur oylik doirasida rejalashtirilgan ishlar ham ma’lum qilindi. Xususan, “Barcha sa’y harakatlarimiz – inson qadri uchun” shiori ostida madaniy-ma’rifiy konsert, “Teatr haftaligi”, “Ma’naviyat marshruti” loyihasi doirasida ichki ishlar organlari xodimlarini madaniyat ob’yektlari, muzey va ziyoratgohlarga tashriflari amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlarni o’tkazish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

SHu kuni tadbir qatnashchilari tumandagi Sa’d ibn Abu Vaqqos ziyoratgohida bo’lishdi. Qur’on oyatlaridan o’qilib, duolar qilindi. Qayd etish joiz, ziyoratgohning diqqatga sazovor joylari, o’ziga xos fusunkor tabiati, betakror manzaralari xodimlarga ma’naviy ozuqa berish bilan birga ularning tarixiy bilimlarini ham boyitishga munosib hissa qo’shdi.

Text to speech