21 Fevral 2022 yil 508

Manzil koloniyada mahkumlarga ko’rgazma uyushtirildi

3- mintaqaviy hudud 29-son manzil koloniyasida “YUrtimiz jamolini madh etayotganlar” mavzuida ko’rgazma uyushtirildi. Jizzax shahrida joylashgan ushbu koloniyada respublika badiiy ijodkorlar akademiyasi a’zosi, rassom Ixtiyor Alibekovning asarlari namoyish etildi. Mahkumlar rassomning yil fasllari manzaralari hamda natyurmortlaridan bahramand bo’ldilar.

Jazo muddatini o’tayotgan shaxslarning tasviriy san’at ustalari bilan muloqoti ham tashkil etildi. Mazkur jarayonda ular o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. SHuningdek, tadbirdan ko’zlangan maqsad mahkumlarning tashqi hayotdan uzilib qolmasliklarini ta’minlash, ularning badiiy estetik didini yuksaltirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularga psixologik jihatdan ijobiy ta’sir ko’rsatish ekanligi bayon qilindi.

Muloqot davomida sud-huquq tizimida kechayotgan liberallashtirish jarayonlari, xususan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qo’llanilayotgan insonparvarlik tamoyillari, ozodlikka chiqqanlarni ijtimoiy moslatirish, ish bilan ta’minlash va qayta jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarga to’xtalib o’tildi. Ko’rgazma manzil koloniyasi va viloyat badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.

Text to speech