14 Iyul 2025 yil 104

“Maʼrifatli yoshlar – millit faxri” mavzuyida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Jizzax viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirokida “Maʼrifatli yoshlar – millit faxri” mavzuyida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Mavzu yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi Murodbek Rahmonberdiyev maʼruza qildi. 

Yigʻilishda viloyat IIB boshligʻi har bir xodim xizmat faoliyatida tartib-intizomga qatʼiy amal qilishi, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, tamagirlik va poraxoʻrlik kabi illatlarga yoʻl qoʻymaslik, kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga rioya qilishlari, qonuniylikni taʼminlash kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasini yanada koʻtarish, zarur vositalardan foydalanish koʻnikmalarini oshirish zarurligi qayd etildi.

Tadbirda tashkiliy masala ham koʻrilib, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Doʻstlik tumani IIB boshligʻi vazifasida ishlab kelgan podpolkovnik Qosimov Sherzod Sarimsoqovich viloyat IIB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanganini maʼlum qildi. 

Maʼnaviyat va maʼrifat darsi anʼanaviy savol-javoblar bilan yakunlandi.

Text to speech