21 Yanvar 2025 yil 109

Mas’ullar tozalik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

3- sektor rahbari G`ayrat Qodirov hamda viloyat hokimining o`rinbosari Hamid Hasanov Jizzax shahridagi “Markaziy” dehqon bozoriga yondosh ko`chalarda bo`lishdi. Ushbu manzilda tozalikni ta’minlash, ko`kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi. Mutasaddilar Mirzo Ulug`bek mahallasining Temiryo`lchilar ko`chasidagi qurilish ishlari boshlangan ob’ektni ham ko`zdan kechirdilar. Ma’lum bo`lishicha, e’tiborsizlik tufayli bu joy chiqindixonaga aylantirilgan va yuzaga kelgan holat tevarakda istiqomat qiluvchi fuqarolarga noqulayliklar tug`dirmoqda. 

 Bu erda qurilish ob’ektlari egalarining tozalikka oid mas’uliyatini oshirish, xususan, ushbu yo`nalishda ularga qo`shimcha vazifalar yuklashga kelishib olindi. O`z navbatida, mahalla ettiligi hamda obodonlashtirish tashkiloti rahbariga hududni chiqindilardan tozalash, bu ishga maxsus texnikalarni jalb qilish topshirig`i berildi. 

 Sektor rahbari va hokim o`rinbosari Sharof Rashidov tumanidagi 2 ta chiqindi poligonida bo`lishdi. Mazkur jarayonda chiqindilarni qayta ishlash, tozalikni ta’minlovchi korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi. Yakunda poligonga eltuvchi 10 kilometr yo`lga shag`al yotqizish bo`yicha vazifalar belgilandi.

Text to speech