14 Sentyabr 2023 yil 1241

Mas’ullar jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha idoralararo komissiyasi shtab faoliyatini o’rganishdi

Davlatimiz rahbarining kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashga oid topshirig’ining Jizzax shahridagi ijrosi Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i hamda viloyat prokurori boshchiligidagi mas’ullar tomonidan o’rganildi. Viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov hamda viloyat prokurori Islomjon Ergashxo’jayev boshchiligidagi mas’ullar dastlab jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha idoralararo komissiyasi Jizzax shahar shtabida bo’lishdi. Bu yerda shahar sektorlar rahbarlari bilan birga amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda yuzaga kelayotgan muammolarning bartaraf etilishi muhokama etildi.

SHuningdek, sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabab va omillari tahlil qilinib, oila-turmush, xotin-qizlar va yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham diqqat qilindi. SHu ma’noda “Xavfsiz tun” tadbirlarini tashkil etish, ko’cha va jamoat joylariga biriktirilgan xodimlarning tungi faoliyati, ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlarining hamkorlikdagi ishlariga ham e’tibor qaratildi.

O’rganishlar davomida shahardagi umumiy ovqatlanish shahobchalari, tungi kafe va bar, restoranlar faoliyati ko’zdan kechirildi. Tadbirkorlar va fuqarolar bilan suhbatda ularni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratildi. Bildirilgan mavjud muammoli masalalar joyida o’rganilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni hal etish bo’yicha mautasaddilarga vazifalar yuklatildi.

Text to speech