17 Sentyabr 2021 yil 609

“Matiz” haydovchisi piyodani urib yubordi

Jizzax shahri Ulug’bek mahalla fuqarolar yig’ini Toshkent ko’chasida Jizzax shahri Qassoblik mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Matiz” bilan yo’lning belgilanmagan joyidan kesib o’tayotgan, Jizzax shahri Bobur mahallasida yashovchi piyodani urib yubordi.

Jabrlanuvchi ko’krak qafasi yopiq jarohati, qovurg’alarining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo’limiga yotqizildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech