10 Noyabr 2021 yil 647

Miltiq yaroqsiz ekan

Forish tumani Garasha mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs hovlisidagi og’ilxonani buzish jarayonida devor orasidan ov miltig’i topib oldi va ichki ishlar organlariga topshirdi.

Ekspertiza 1961 yilda ishlab chiqarilgan, “IJ-K” rusumli, 1 stvolli, 28 kalibrli qurolning otish uchun yaroqsiz ekanligini ko’rsatdi. Tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.  

Text to speech