2 Mart 2022 yil 525

Mini futbol bo’yicha boshqarma boshlig’ining kubogiga start berildi

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari hamda IIV Jizzax akademik litseyi jamoalari o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha musobaqa o’tkazilmoqda. Mazkur bellashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi kasbiy tayyorgarlik bo’limining rejasi asosida tashkil etildi. Musobaqaning ochilishida viloyat IIB boshlig’i o’rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullayev sport tadbirlarining ahamiyati xususida to’xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi. SHundan so’ng musobaqa boshlandi.

Dastlab yashil maydonda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Paxtakor tumani ichki ishlar bo’limi jamoalari kuch va mahoratlarini ko’rsatishdi. Qizg’in kechgan bahsda viloyat ichki ishlar boshqarmasining futbolchilari har tomonlama ustun ekanliklarini namoyon etishdi. Birin ketin amalga oshirilga hujumlar ortida paxtakorliklarning darvozasi ishg’ol qilinib, yakunda 11:2 hisobi qayd etildi.

Xuddi shunday, bellashuvning ilk kunida 12 ta futbol jamoalari maydonda to’p surdilar. 10 ta o’yinda 2 ta jamoa keyingi bosqichda qatnashish va g’oliblik uchun kurishish imkoniga ega bo’ldi.

Ta’kidlash joiz, musobaqada jami 24 ta futbol jamoalari qatnashmoqda. Ikkinchi kunda ham 12 ta futbol jamoalari o’zaro bellashishadi. Saralash bosqichida birinchi va ikkinchi o’rinni egallagan 4 ta jamoa futbolchilari final o’yinlarida g’oliblik uchun kurashadilar.

Text to speech