Mirzacho’l tumani 3-sektor boshlig’i taqdirlandi
Jizzax shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosi doirasida “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” va “Eng yaxshi hokim yordamchisi” nominatsiyalari bo’yicha ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 450 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan edi.
Shu ma’noda tanlovning viloyat bosqichi ham qiziqarli kechdi. Yakunda hakamlar hay’ati 18 nafar ishtirokchini g’olib sifatida e’tirof etdi va ularga diplom va pul mukofotlari topshirildi. Taqdirlanganlar orasida Mirzacho’l tumani IIB boshlig’i, podpolkovnik Jasur Karimov ham bo’lib, u sektor rahbari sifatida 3- darajali diplomni qabul qilib oldi. Aytgancha, g’oliblar ko’rik-tanlovning respublika bosqichida qatnashadilar.