12 May 2022 yil 589

Monomarkazda o’tkazilgan yarmarkada profilaktika inspektorlarining rafiqalari ishli bo’lishdi

Jizzax shahrida profilaktika inspektorlarining turmush o’rtoqlari uchun bo’sh ishlari o’rinlari yarmarkasi tashkil qilindi. Jizzax viloyatining turli hududlaridan kelgan 100 ga yaqin ayol dastlab 22 yo’nalishda kasb-hunar o’rgatishga ixtisoslashgan band bo’lmagan aholiga xizmat ko’rsatuvchi monomarkaz imkoniyatlari bilan tanishdilar. SHundan so’ng ularga mavjud bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot berildi. Mazkur jarayonda tadbir qatnashchilarining 43 nafari doimiy ish joyiga ega bo’lishdi. YAna 18 nafar ayol monomarkazda kasb-hunar egallash istagini bildirdi.

YAkunda profilaktika inspektorlari va ularning rafiqalari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi va ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan soha vakillari hamda ularning oila a’zolari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tilga olindi. O’z navbatida xizmatda faollik ko’rsatayotgan 31 nafar  profilatika inspektorlari Ichki ishlar vazirining buyrug’i asosida moddiy rag’batlantirildi. Pul mukofotlarini ularning turmush o’rtoqlari qabul qilib oldilar. Bu tadbirni muntazam o’tkazish rejalashtirilgan. 

Text to speech