9 Sentyabr 2021 yil 654

Muammolar hal etilmoqda

SHarof Rashidov tumani YAngidiyor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi ayol viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i qabulida bo’lib, turmushga chiqqan nabirasining tinchligini buzib, oilaviy nizoga sabab bo’layotgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko’rishini so’radi. Ushbu masala Jizzax viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha mas’ullari tomonidan o’rganib chiqildi. Bu yo’nalishda o’tkazilgan muhokama davomida kelishmovchilik sababchilariga noqonuniy xatti-harakatlar oqibatlari tushuntirildi.  

SHuningdek, Jizzax viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha mas’ullari SHarof Rashidov tumani Xavastlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi ayolga tegishli fuqarolik pasporti, farzandlarining tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalari va qimmatbaho buyumlarini turmush o’rtog’idan olinishida ko’mak ko’rsatdi. Ayol yordam so’rab Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’iga murojaat qilgan edi.

Xuddi shunday, Jizzax viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha mas’ullari Zomin tumani Dashtobod shaharchasi Guliston mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, hududda yashovchi aholi bilan muloqotlar o’tkazdi. Mazkur jarayonda bir qator ijtimoiy muammolar aniqlanib, hal qilish chora-tadbirlari belgilanmoqda.

Text to speech