26 Iyul 2024 yil 3056

Muammolarga echim izlab...

Paxtakor tumanida huquq tartibot organlari mutasaddilarining sayyor qabuli o`tkazildi. Mazkur jarayonda fuqarolar murojaati asosida ichki ishlar organlari rahbar xodimlari tomonidan bandlik, kredit to`lovi, turar joyga oid hujjatlarni rasmiylashtirish hamda kommunal sohaga doir bir qator muammo va masalalarni hal qilish choralari belgilandi.

Shu kuni 3- sektor ishchi guruhi tomonidan 4 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari, 1 nafar yoshga payvandlash uskunasi, 5 kishiga kredit ajratilganligi, “Yoshlar daftari”ga ro`yxatga olingan 6 kishiga esa oliy ta’lim va o`quv kurslari shartnoma mablag`lari to`lanishiga oid sertifikatlar topshirildi. Bundan tashqari, 16 yoshga to`lgan 6 nafar yosh shaxsni tasdiqlovchi ID kartalarni qabul qilib oldi.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: