Yangiobod tumani: muammolarga yechim qidirib...
Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov YAngiobod tumanining Tojikiston bilan chegaradosh hududida joylashgan “Xayr Havotog’” sihatgohida bo’ldi. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, 1983 yilda faoliyati yo’lga qo’yilgan ushbu tibbiy muassasa keyingi yillarda qarovsiz qolib ketgandi. Ayni vaqtda rossiyalik tadbirkor bilan hamkorlikda sihatgohni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Muassasa mas’ullari bilan muloqot jarayonida hududdan 1320 metr chuqurlikdan ma’danli suv olinishi, bu suvning tarkibida yod, natriy, magniy, temir kabi 18 xil unsur borligi va o’ta shifobaxshligi ma’lum qilindi. SHuningdek, bu yerda oyiga 3 million dona mad’anli suv ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona va ekopark barpo etish ko’zda tutilayotganligi bildirildi. Viloyat IIB boshlig’i ushbu tadbirkorlik sub’yektining samarali faoliyati uchun 3- sektor ishchi guruhi har tomonlama yordam ko’rsatishini ma’lum qildi.