4 Noyabr 2021 yil 609

Muammolarni hal qilish choralari ko’rilmoqda

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov joriy yilning oktyabr’ oyida Zomin tumanining Chilonzor mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazgan edi. Ayni kunlarda ushbu sayyor qabulda ko’tarilgan masalalarni hal qilish choralari ko’rilmoqda.

Chunonchi, Chilonzor mahallasida 1 kilometru 300 metrlik ko’cha sathi tekislanib, shag’al yotqizish ishlari boshlab yuborildi. Xuddi shunday, 20 ta beton ustun o’rnatilib, qoplamali elektr tarmoqlari tortilgan. Mazkur hududda yangi transformator o’rnatish ham rejalashtirilgan.

Tumanning 3- sektoriga kiruvchi 5 ming 210 kishi istiqomat qiladigan Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida ham ichki yo’llar sathini tekislash va shag’al yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, Cho’lpon va Tafakkur ko’chalariga 2,6 kilometr yo’lga shag’al yotqiziladi.   

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, 2022 yilda Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida “Obod mahalla” dasturi hayotga tatbiq etiladi. Dastur doirasida 2 ta artezian qudug’i kovlanib, 5 kilometru 850 metr uzunlikda suv quvurlari tortish mo’ljallanayotir. Qisqasi, tumanning 3- sektori hududida aholining turmushini qulaytirishga qaratilgan tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joiz, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining sayyor qabuli o’tkazilishi bilan o’sha hududda 3- sektor ishchi guruhi muayyan muddat faoliyat ko’rsatib, aholi tomonidan ko’tarilgan muammo va masalalarni hal etish choralari ko’rilmoqda.          

Text to speech