Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovning 1 oktyabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli ichki ishlar organlari faxriylari, ustoz va murabbiylar!
Barchangizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan O`qituvchi va
murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman. Qadrli muallimlar, sizning jamiyat
taraqqiyoti, xalqimizning eng ezgu qadriyatlari bardavomligini ta’minlashdagi
o`rningiz beqiyosdir.
Zero qalblarni ziyo chirog`i yanglig` yoritasiz, dillarga ilm va
yaxshilik urug`ini ekasiz. Shu ma’noda hamisha xalqimizning chuqur hurmatiga
loyiqsiz. Mazkur ehtirom davlatimiz siyosatida ham o`zining yorqin ifodasini
topmoqda.
Chunonchi, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev ta’kidlaganidek:
“Ta’lim tizimini rivojlantirish davlatning bosh vazifalari qatoriga kiritilgani
bejiz emas. Chunki jamiyat hayotida o`qituvchining o`rni va ta’siri oshsa –
maktabning obro`si oshadi, ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasining qadri
ko`tariladi. Muallimning obro`-e’tibori esa bu millatning, butun xalqning
obro`-e’tiboridir”.
Darhaqiqat, bugun yurtimimizda “O`zbekistonda eng obro`li inson muallim
bo`lishi kerak” degan g`oya asosida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligiga
barchamiz guvohmiz. Ushbu o`zgarishlar Ichki ishlar vazirligining
viloyatimizdagi ta’lim muassasalari hayotida ham yaqqol sezilmoqda. Jumladan,
Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik liseyida o`qituvchi va o`quvchilar uchun
eng zamonaviy sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 40- sonli
maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirdan chiqarilib, davr talablari
asosida jihozlandi. Qolaversa, Zomin tumanida joylashgan, boshqarmamizga
qarashli havas qilgudek imkoniyatlarga ega sog`lomlashtirish oromgohi
bolalarning yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazishlarida omil bo`lmoqda.
Qadrli ustozlar!
Fursatdan foydalanib, barchangizni O`qituvchi va murabbiylar kuni bilan
yana bir bor chin dildan qutlayman. Ichki ishlar organlari tizimini chuqur
bilimga ega etuk kadrlar bilan ta’minlash, vatanparvar, mard va jasur avlodni
shakllantirishdek mas’uliyatli xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Umringiz
uzoq, xonadoningiz fayzli bo`lsin, har bir kuningizni yaxshiliklar bezasin!
Hamisha sog`-omon bo`ling,
muhtaram ustozlar!