20 Fevral 2023 yil 438

Muqobil energiya xususida tushuncha berildi

Joriy yil 10 fevral’ kuni mamlakatimiz Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi davomida sektorlar rahbarlariga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, xususan muqobil energiyadan foydalanishni keng joriy etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. SHu ma’noda 3-sektor mas’ullari tomonidan Paxtakor tumani hokimligida tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.

Tadbirni Jizzax viloyati IIB HPB boshlig’i, podpolkolkovnik Ismoil Amanov boshqarib bordi. Mazkur jarayonda mutaxassislar tomonidan 1 kilovattdan 100 kilovatgacha miqdorda elektr quvvati yetkazib bera oladigan quyosh panellari haqida atroflicha ma’lumot berildi. SHuningdek, mazkur panellarning turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar tilga olindi. 

Text to speech