22 Fevral 2023 yil 441

Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanishga bag’ishlangan seminar o'tkazildi

Arnasoy tumanida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanishga qaratilgan seminar o’tkazildi. Tadbirda soha mas’ullari hamda mutassislari tomonidan quyosh panellarining afzalliklari ishtirokchilarga tushuntirildi. Tadbir davomida “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident qarori, uning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

SHuningdek, aholi turar joylari, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish muassasalari, tashkilot va korxonalarga quyosh panellari o’rnatish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Mutaxassislar tomonidan “yashil” energiyaning iqtisodiy afzalliklari hamda quyosh elektr panellarini o’rnatish, muqobil energiya qurilmalari uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Text to speech