20 Fevral 2023 yil 465

Muqobil energiyadan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda

Joriy yil 10 fevral’ kuni mamlakatimiz Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi davomida sektorlar rahbarlariga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, xususan muqobil energiyadan foydalanishni keng joriy etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. SHu ma’noda Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Bekzod Toshpo’latov SHarof Rashidov tumani hududidan o’tgan M-39 Toshkent – Termiz yo’li bo’yida joylashgan ovqatlanish va avtomobilarga gaz quyish shoxobchalari egalari hamda mahalla faollari bilan muloqot o’tkazdi.   

Mazkur jarayonda mutaxassislar tomonidan quyosh panellari haqida atroflicha ma’lumot berildi. SHuningdek, mazkur panellarning turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar tilga olindi.

Text to speech