24 Fevral 2023 yil 461

Muqobil va afzal energiya

Jizzax viloyatida sektorlar mas’ullari tomonidan quyosh panellari o’rnatishga qaratilgan ko’lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. CHunonchi, Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov boshchiligidagi ishchi guruhi Forish tumani markazida hokimlik, tashkilot, korxona va muassasalar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida targ’ibot tadbiri o’tkazdi.

Yig’ilish avvalida 3- sektor rahbari viloyatda muqobil energiya ishlab chiqarishga oid yirik loyihalar haqida ma’lumot berdi. CHunonchi, G’allaorol va Forish tumanlarida joriy yilda har biri 200 megavatt soat elektr quvvati yetkazib bera oladigan fotoelektr stansiyalari qurilishi ma’lum qilindi.

SHuningdek, mutaxassislar tomonidan 1 kilovattdan 100 kilovatgacha miqdorda elektr quvvati ishlab chiqaradigan quyosh panellari haqida tushuncha berildi. Yig’ilish ishtirokchilari bilan kechgan muloqot davomida quyosh panellarining turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari,  ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar tilga olindi.

Text to speech