7 Fevral 2024 yil 3750

Yashnabodda aholi bilan muloqt o`tkazildi

           Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari, podpolkovnik Akmal Muratov G`allaorol tumanining Yashnabod MFYda sayyor qabul o`tkazdi. Muloqotda 10 dan ziyod fuqaro o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. Xususan, salomatligini tiklash, moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, fuqarolik pasporti olish, yashash xonadoniga kadastr hujjati rasmiylashtirishga oid masalalar mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal qilish choralari belgilandi.

Bundan tashqari bog`dorchilik faoliyati uchun zarur bo`layotgan tomchilatib sug`orish uskunalariga kredit ajratish, uy-joy ta’miri, ko`chalarni ta’mirlash kabi murojaatlarga ham echim izlandi. Qabulda ko`tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy masalalarini o`z vaqtida bartaraf etish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Tadbir davomida o`zini o`zi band qilish uchun 12 kishiga subsidiya asosida tikuv moshinkalari va payvandlash uskunalari, 3 kishiga eshitish moslamasi, qo`ltiqtayoq va nogironlik aravachasi, 16 yoshga to`lgan 5 nafar yoshlarga ИД kartalar topshirildi. 4 nafar tashabbuskor yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining faxriy yorliq va estalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech