Namunali xodimlarning xizmati e’tirof etildi
Baxmal tumani ichki ishlar bo`limida tungi xizmatga
jalb etilgan ichki ishlar organlari hamda milliy gvardiya xizmatchilari
ishtirokida yo`riqnoma tadbiri o`tkazildi. Tadbirda viloyat ichki ishlar
boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov tumanda jinoyatchilikka
qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomi va
qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratdi. Shu ma’noda joriy
yilning o`tgan davrida hududda sodir etilgan qonunbuzarliklar tahlil qilinib,
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni
jilovlash bo`yicha qilinishi lozim bo`lgan ishlar qayd etildi.
Tadbir davomida odob-axloq qoidalariga amal qilish
lozimligi tushuntirildi. Huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish
borasidagi tezkor, profilaktik tadbirlarni o`z vaqtida samarali tashkil etish
yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Yig`ilish davomida aholi osoyishtaligini ta’minlash
va qonunbuzarliklarni issiq izida fosh etgan tuman ichki ishlar bo`limi hamda
milliy gvardiya xizmatchilariga tashakkurnomalar topshirildi.
Arnasoy tumani ichki ishlar bo`limida ham shaxsiy
tarkib hamda milliy gvardiya xizmatchilari ishtirokida yo`riqnoma o`tkazildi.
Tadbirda obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarga
diqqat qilindi. Shu ma’noda xizmat yo`nalishlarida osoyishtalikni ta’minlash,
jinoyatchilikning oldini olish, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash
bo`yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari fuqarolar bilan xushmuomalada
bo`lish, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, tamagirlik va boshqa salbiy
holatlarga yo`l qo`ymaslik zarurligi uqtirildi. Jarayonda jamoat tartibini
saqlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi
kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlashda jonbozlik ko`rsatib
kelayotgan bir guruh soha xodimlari viloyat IIB boshlig`ining tashakkurnomasi
bilan taqdirlandi.