18 Yanvar 2022 yil 636

Narkotik modda sotganlar qo’lga olindi

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax shahrining Mirzo Bobur mahallasida yashovchi fuqaroning giyohvand moddalar savdosi bilan shug’ullanayotganligini aniqladilar.

SHu sababli u kuzatuvga olindi. Natijada 2,81 gramm marixuanani 300 ming so’mga sotgan ayblanuvchi ushlandi.

Surishtiruv davomida u narkotik moddani Jizzax shahrining Qaliya mahallasida yashovchi tanishidan olganligini bildirgan. SHu bois mazkur shaxs ham kuzatuvga olindi va ko’p o’tmay 2,08 gramm marixuanani sotganida ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo’zg’atilgan.

Text to speech