9 Avgust 2023 yil 492

Navbatdagi sayyor qabul Arnasoyda o’tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovning navbatdagi sayyor qabuli Arnasoy tumanining G’afur G’ulom mahallasida bo’lib o’tdi. G’oliblar, Mirzo Bobur, G’afur G’ulom mahalla fuqarolar yig’inlarida yashovchi aholi vakillari, shuningdek hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tumandagi tashkilot va korxonalar mas’ullari hamda mahallalar beshliklari ishtirokida tashkil etilgan tadbir avvalida ijtimoiy daftarlarga ro’yxatga olingan 5 nafar ayolga subsidiya asosida tikuv mashinasi, 4 nafar yoshga safarbarlik chaqiruvi rezervi to’lovlarining to’lanishiga oid hamda yana 3 kishiga moddiy yordam ajratilishiga doir sertifikatlar topshirildi. Xuddi shunday, 5 nafar yosh Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida rag’batlantirildi.

So’ng fuqarolar bilan muloqot o’tkazildi. Mazkur jarayonda subsidiya ajratish, tozalikni ta’minlash, ichimlik suvi isrofgarchiligining oldini olish, mahallalarni oqova suv bilan ta’minlash, yo’llarga asfal’t yotqizish, transport vositalari tezligini cheklash, ichki irrigatsiya tizimlarini yaxshilash, aliment va mulkni undirish kabi qator masalalar ko’tarildi. O’z navbatida tegishli tashkilotlar mas’ullariga topshiriqlar berilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi. Qolaversa, shu kuni 3- sektor ishchi guruhi bir necha fuqarolar bayon etgan masalalarni joyiga chiqib o’rgandi.        

 

 

 

Text to speech