17 Sentyabr 2021 yil 881

“Nexia” avtomashinasi “HOWO” yuk tashish transportini urdi

Paxtakor tumani hududidan o’tgan Toshkent – Termiz M-39 yo’lining 953- kilometrida Surxonaryo viloyati Denov tumani O’rikzor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia” oldinda harakatlanayotgan “HOWO” yuk mashinasining orqasidan urildi.

Oqibatda yengil avtomashina yo’lovchisi bosh miya lat yeyishi, peshona suyagining yopiq sinishi, chap oyoq to’piq suyagining ochiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish bo’limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech