30 Dekabr 2023 yil 4089

Yangi yil bayrami arafasida soha xodimlarining xizmati e’tirof etildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi. Yig`ilishda boshqarma boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov barcha xodimlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, o`tayotgan 2023 yilda sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar bilan birga yo`l qo`yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar xususida so`z yuritdi.

Yangi O`zbekistonimizda barcha jabhalar, xususan ichki ishlar organlari tizimida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda, ayniqsa sohaga oid qonunlar izchil takomillashtirilib, tizim moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ichki ishlar organlari xodimlari, ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari soha xodimlarining intelektual, jangovar va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan diqqatga molik tadbirlarga qo`l urilayotir. Yig`ilishda shu va soha xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, osoyishatlikni ta’minlash yo`lida natijalarga erishilayotgani tilga olindi.

Tadbir davomida bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi. Shuningdek, o`z vazifasiga vijdonan yondoshib, jinoyatchilikning oldini olish, issiq izida fosh etishda kasbiy mahoratini ko`rsatgan, xalqimiz tinchligini ta’minlash borasida sidqidildan xizmat qilayotgan xodimlar munosib rag`batlantirildi.

Text to speech