26 Oktyabr 2024 yil 7026

Yangiobod tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarining sayyor qabuli o`tkazildi


Yangiobod tumanining “Do`stlik” mahallasidagi  kasb-hunar maktabida ichki ishlar organlari, sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari mas’ullari tomonidan aholi va yoshlar uchun ommaviy sayyor qabul o`tkazildi. Tadbir avvalida barcha murojaatchilar ishtirokida yig`ilish tashkil etilib, fuqarolar ko`targan masalalar e’tiborsiz qoldirilmasligi, muammolarga tegishli tartibda echim izlanishi ma’lum qilindi.

So`ng har bir boshqarma va idora rahbari jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot o`tkazdi. Ushbu jarayonda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovga bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bo`ldi. O`z navbatida bildirilgan muammolarni hal qilish bo`yicha tashkilot va korxonalar mutasaddilariga topshiriqlar berildi. Ommaviy qabul davomida bir guruh yoshlarga shaxsni tasdiqlovchi ИД kartalar topshirildi.

  Shu kuni boshqarma boshlig`i “Do`stlik” mahallasida bunyodga keltirilayotgan huquq-tartibot maskanining qurilishi bilan tanishdi. Mazkur jarayonda boshqarma boshlig`i mas’ullarga ishlarni sifatli amalga oshirish, hududni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Ma’lumot o`rnida aytish kerak, shu yilning avgust qurilishi boshlanib, noyabr oyida foydalanishga topshirilishi ko`zda tutilayotgan bu ob’ektga mahalla ettiligi hamda 3- sektor ishchi guruhi joylashadi. Shuningdek, maskanda ma’naviyat va ma’rifat zali bo`ladi. Mazkur bino bitgach, tumanning “Havotog`” mahallasida huquq-tartibot maskani barpo etilishi rejalashtirilgan.

Text to speech