Nomzodlarga qabul tartibi tushuntirildi
IIO xodimlari safida yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish yo’lida xizmat qilish istagida bo’lgan yoshlar ko’plab topiladi. Nomzodlarni xizmatga qabul qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi IIV “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi”gi buyrug’i asosida amalga oshiriladi. Jizzax politexnika institutining bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida o’tgan tadbida ushbu tartiblar tushuntirildi.
Qayd etilishicha, IIO xizmatiga qabul qilish uchun tanlovda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, oliy ma’lumotli huquqshunos, pedagogika va psixologiya mutaxassisliklari, sotsiologiya va psixologiya ta’lim sohasining psixologiya ta’lim yo’nalishi ma’lumotiga ega bo’lgan, 30 yoshdan oshmagan nomzodlar ishtirok etadi. Qabulda jismoniy tayyorgarlik darajasi, intellektual rivojlanganlik holati, psixoemotsional barqarorligiga e’tibor qaratiladi.
Mazkur tadbirda xizmatga kirishda istisno tariqasida ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo’lgan, oliy ta’limni imtiyozli diplom bilan tamomlagan nomzodlar tanlovning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinishi hamda ularga ushbu bosqich bo’yicha maksimal ball berilishi tushuntirildi. SHuningdek, yakuniy suhbat yakka tartibda og’zaki savol-javob shaklida o’tkazilib, nomzodning aqliy salohiyati, xizmat o’tashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shu bilan birga xodim uchun zarur bo’lgan boshqa ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim hislatlari baholanishi yetkazildi.
Targ’ibot yakunida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.