9 Sentyabr 2021 yil
646
Noqonuniy mineral o’g’it qo’lga olindi
Ichki ishlar organlari xodimlari Arnasoy tumani Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inida to’xtab turgan “ISUZU” avtoulovini tekshirdilar. Mazkur jarayonda yuk mashinasida 99 ta polietilen qopga joylangan 4 tonna 950 kilogramm ammofos borligi ma’lum bo’ldi.
Surxondaryo viloyati Denov tumani Hazorbog’ mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi haydovchi D.M. mineral o’g’itga oid hujjatlarni taqdim eta olmadi. U ammofosni Arnasoy tumani hududidan olganligini va Do’stlik tumaniga eltib berishi kerakligini bildirgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.