16 Dekabr 2022 yil
440
Noqonuniy ishlab chiqarish faoliyati to’xtatildi
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati G’allaorol tumani Lalmikor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi SH.E.ning noqonuniy ravishda rudadan oltin ajratish bilan shug’ullanayotganligini aniqladilar.
Soha vakillari uning turar joyini ko’zdan kechirganlarida hovlidagi qo’shimcha binoda 100 kilogramm ruda, 2 dona dvigatel’ hamda qo’lbola usulda tayyorlangan tosh maydalash uskunasi borligi ayon bo’ldi. Xom ashyo hamda qonunbuzarlik qurollari hujjatlashtirib olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.